03:01 / 21.01.2019
8623

La Liga. "Barselona" "Leganes"ni mag‘lub etib, "Atletiko" bilan farqni oshirdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 20-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

Musobaqa peshqadami "Barselona" o‘z maydonida "Leganes"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Maydon egalari safida Dembele, Suares hamda Messi bittadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Breytueyt tomonidan kiritildi. 

Barselona – Leganes 3:1

Gollar: 1:0 – 32 Dembele, 1:1 – 57 Breytueyt, 2:1 – 71 Suares, 3:1 – 90 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Vermalen, Artur (Rakitich, 64), Buskets, Koutino, Alenya (Messi, 64), Dembele (Malkom, 69), Suares.
Leganes – Kuelyar, Omeruo, Siovas, Silva, Tarin, Resio, Mikel Vesga (Eraso, 86), Oskar Rodriges (El-Jar, 86), Nom, En-Nesiri, Breytueyt (Santos, 78).
Ogohlantirishlar: Breytueyt (8), Buskets (12), Tarin (22), Omeruo (30), Alenya (54), Serdji Roberto (60).

Betis – Jirona 3:2
Gollar: 1:0 – 12 Telo, 1:1 – 36 Aleish Garsiya, 1:2 – 44 Dumbiya, 2:2 – 54 Moron, 3:2 – 90, penalti Kanales.

Vilyarreal – Atletik 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18, avtogol Kosta, 1:1 – 71 Toko-Ekambi.

Levante – Valyadolid 2:0
Gollar: 1:0 – 42 Koke, 2:0 – 90 Marti.

Rayo Valekano – Real Sosedad 2:2
Gollar: 1:0 – 22 Komesanya, 2:0 – 28 Embarba, 2:1 – 39 Moreno, 2:2 – 82 Villian Joze.

Mavzuga oid
Top