15:42 / 22.01.2019
20684

Xitoyda eng chuqur moviy tuynuk aniqlandi

Foto: EPA

Mutaxassislar Xitoyning Sansha shahri hududidagi tabiiy suv havzasi chuqurligini o‘lchab, ulkan tabiiy quduqning chuqurligi rekord darajada, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda TASS Xitoyning Atrof-muhitni bashorat qilish davlat markaziga tayangan holda xabar bermoqda.

Olimlar ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy suv havzasining chuqurligi 300 metrdan biroz ko‘proq, Avvalgi rekordchi, Bagam orollaridagi Dinu moviy tuynugi taxminan 200 metr chuqurlikka ega edi.

Chuqur suv g‘orining rasmiy nomi - Yun'le («Abadiy quvonch»). Mutaxassislarning aytishicha, sirtda tuynuk diametri 130 metrga yetadi va asta-sekinlik bilan 36 metrgacha qisqaradi.

«Bu moviy tuynuk katta ilmiy, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega», - deya ta'kidlab o‘tishgan Xitoy Atrof-muhitni bashorat qilish markazidan.

Top