18:41 / 24.01.2019
15118

Osiyo Kubogida ilk marotaba VAR orqali gol bekor qilindi

Foto: KUN.UZ

Osiyo Kubogining chorakfinalidan o‘rin olgan Vetnam – Yaponiya (0:0, davom etmoqda) o‘yinida tarixiy voqea yuz berdi.

25-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni yaponiyalik futbolchi raqib darvozasiga yo‘llagan edi. Bosh hakam Muhammad Abdulla Hasan uni inobatga olib, maydon markazini ko‘rsatdi.

Biroq, avstraliyalik Kris Bef boshchiligidagi hakamning video-yordamchilari gol urilgan vaqtda qoida buzilgani haqida xabar berishdi. Bosh hakam takroriy lavhani ko‘rib, yaponiyalik futbolchi boshi bilan zarba berganida, to‘p uning qo‘liga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirib, darvozadan joy olganini aniqladi. Natijada, Muhammad Abdulla Hasan golni bekor qildi. Bu Osiyo Kubogi tarixida ilk marta yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, VAR tizimidan Osiyo Kubogi chorakfinalidan boshlab foydalanilmoqda.

Top