20:50 / 29.01.2019
25615

Osiyo Kubogi. Qatar mezbonlarni yirik hisobda mag‘lub etib, finalga chiqdi

Osiyo Kubogida yarimfinalning ikkinchi o‘yini yakunlandi.

Unda BAA va Qatar terma jamoalari bellashdi. O‘yin qatarliklarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollar Xuxiy, Almu'iz, Al-Haydos va Ismoil hisobiga yozildi.

Qatar terma jamoasi 1 fevral kuni finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi.

Osiyo Kubogi, 1/2 final
29 yanvar
BAA – Qatar 0:4
Gollar: Xuxiy (22), Almu'iz (37), Al-Haydos (80), Ismoil (90+3)
Chetlatish: Ahmad (90+1, BAA)

Top