13:10 / 29.01.2019
71845

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Foto: TASS

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 2019 yil 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:16da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘lgan. 

Koordinatalar - 40,31 daraja shimoliy kenglik, 71,20 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik h=12 km. Toshkentgacha masofa 224 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan: 87 km; 2 ball,
Andijon: 94 km; 2 ball,
Farg‘ona: 30 km; 3 ball.

Top