15:02 / 29.01.2019
11009

Xitoy AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalarini e'tiborsiz qoldirdi

Foto: Bao Dandan/ Global Look

Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramay, Venesuela bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda XXR TIV vakili Gen Shuan bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik teng huquqlilik, o‘zaro manfaat va umumiy rivojlanish asosida quriladi. Bundan tashqari, uning qayd etishicha, Xitoy va Venesuela uzoq vaqtdan buyon savdo-iqtisodiy sheriklar hisoblanadi.

Vazirlik Karakasga qarshi bir tomonlama Amerika sanksiyalariga ham qarshi chiqdi. «Tarix shuni ko‘rsatdiki, tashqi aralashuv yoki sanksiyalarni joriy qilish vaziyatni faqat murakkablashtiradi hamda muammolarni hal qila olmaydi», - deya ma'lum qildi Gen Shuan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Venesuela hukumati hisoblarini nazoratga olmoqchi ekani, Maduro AQShga javob haqida va'da bergani xabar qilingandi.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Top