14:05 / 30.01.2019
15368

Dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari nomi ma'lum qilindi 

Foto: Bloomberg

Germaniyaning Volkswagen AG konserni dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatida yetakchilikni saqlab qoldi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Kompaniya qatorasiga uchinchi bor birinchi o‘rinda qayd etildi. Volkswagen 2018 yilda 10,8 million dona mashina sotgan – bu avvalgi yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘proqdir. 

Kompaniya sotgan avtomobillar ro‘yxatidan Audi, Bentley, Bugatti, Porsche, Lamborghini, SEAT, Skoda yengil mashinalari hamda MAN va Scania yuk mashinalari o‘rin olgan.

Ikkinchi o‘ringa Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi joylashdi. Kompaniya o‘tgan yili 10,6 million dona mashina sotgan.

Yaponiyaning yana bir avtokonserni – Nissan 5,55 million dona avtomobil sotgan.

Mavzuga oid
Top