08:40 / 01.02.2019
4045

Italiya kubogi. «Inter» ham chorak finalda kurashdan chiqdi

Italiya kubogida yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi.

Chorak final doirasidagi so‘nggi bahs natijasiga ko‘ra «Latsio» keyingi bosqichga chiqdi. 31 yanvar kuni rimliklar safarda «Inter» bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarda davom ettirildi. Dastlab 108-daqiqada Immobile mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 120+5-daqiqada Mauro Ikardi penaltidan gol kiritib, g‘olib nomi futbol lotereyasida aniqlanishiga erishdi. Ammo baribir seriyada «Latsio»ning qo‘li baland keldi: beshinchi zarbada Raja Nainggolan xatoga yo‘l qo‘ydi.

Italiya kubogi, 1/4 final
31 yanvar
Inter – Latsio 1:1 (0:0), pen. - 3:4
Gollar
: 0:1 – 108 Immobile, 1:1 – 120, penalti Ikardi.
Inter – Xandanovich, Miranda, Shkrinyar, D`Ambrozio, Asamoa, Kandreva (Nainggolan, 105), Galyardini (Vesino, 46), Joau Mariu (Martines, 81), Brozovich, Politano (Soaresh, 105), Ikardi.
Latsio – Strakosha, Uolles (Bashtush, 70), Acherbi, Radu, Marushich, Leyva, Lulich (Durmisi, 80), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Parolo, 101), Korrea (Kaysedo, 88), Immobile.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Galyardini (44), Uolles (68), Radu (73), Vesino (82), Marushich (86), Milinkovich-Savich (87), Leyva (96), Brozovich (110), Immobile (110), Asamoa (116).
Chetlatish: Radu (120).

30 yanvar
Fiorentina – Roma 7:1 (3:1)
Atalanta – Yuventus 3:0 (2:0)

29 yanvar
Milan – Napoli 2:0 (2:0)

Yarim final
27 fevral
Milan – Latsio
Fiorentina – Atalanta

24 aprel
Latsio – Milan
Atalanta – Fiorentina

Top