18:14 / 02.02.2019
3716

Jahon banki delegatsiyasi Toshkentni iqtisodiy-ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlantirish masalalarini muhokama qildi 

31 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirokida Jahon banki delegatsiyasi bilan poytaxtni iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy jihatdan rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Mehmonlar mamlakat ijtimoiy farovonligini oshirishda aholini kommunal, ijtimoiy hamda ta'lim xizmatlari bilan ta'minlash muhimligini qayd etdi. Jamoatchilik kengashi vakillari bilan muloqotda shaharni rivojlantirish va ma'muriyatning xalq bilan yaqinligi muhim ahamiyatga ega ekanligi muhokama qilindi. Xorijlik ekspertlar shaharni umumiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda boshqa davlatlar tajribasidan foydalanish lozimligiga e'tibor qaratishdi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda O‘zbekiston poytaxtining o‘ziga xosligi va uni milliy ehtiyoj va ishlab chiqarishning turli sohalaridagi talablar darajasidan kelib chiqqan holda rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi.

Jahon banki butun dunyo bo‘ylab loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi. Uning ish yuritishdagi asosiy tamoyili hududlarning iqsiodiy o‘sish sur'atini tezlashtirish va aholining barcha qatlamlari farovonligini oshirishdan iborat.

 

Top