15:11 / 02.02.2019
9243

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariga xorijlik ekspert maslahatchi bo‘ldi

Bastian Bauman/Foto: tdi.uz

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Oliy ta'limni modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro ekspert Bastian Bauman Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirish va uning xalqaro raqobatdoshligini ta'minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«Davlat inspeksiyasi faoliyatida ta'lim sifatini xalqaro darajada ko‘tarish, tan olingan xorijiy tajribalarni milliy ta'lim tizimi xususiyatlarini inobatga holda joriy etish, bu borada boshqa davlatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslik, milliy ta'lim tizimini xalqaro ta'lim tizimiga integratsiyasini jadallashtirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni sifatli bajarish maqsadida ta'lim sifatini ta'minlash bo‘yicha xalqaro darajada tan olingan ekspert Bastian Bauman maslahatchi lavozimiga tayinlandi. U o‘zining uzoq yillik tajribasi va malakasi bilan ta'lim sifatini xalqaro darajaga ko‘tarishda bizga ko‘maklashadi», —​ deb ta'kidladi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev.

Foto: tdi.uz

Xalqaro darajadagi huquqshunos​ Bastian Bauman oliy ta'lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha Yevropa sifat kafolati agentligi boshqaruvchi direktori shu bilan bir qatorda quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlarda ekspert lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda: DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati), ADEC (Abu-Dabi milliy sifatni kafolati agentligi), EQE (Gruziya milliy sifat kafolati agentligi), QQA (Bahrayn milliy sifat kafolati agentligi), SKVC​ (Litva milliy sifat kafolati agentligi) va boshqalar. 

Shuningdek u Belorus, Misr, Ozarboyjon, Qozog‘iston kabi davlatlarda oliy ta'lim tizimida reformalar qilinishida katta hissa qo‘shgan, bu borada 17 yillik ish tajribasiga ega.

Top