08:11 / 02.02.2019
8274

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Depositphotos

Hukumat qarori bilan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Adliya vazirligi telegram-kanalida xabar qilinishicha, kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxada rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiradigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha muddatga tuzilishi mumkin. Ilgari bu turdagi sug‘urta shartnomalari ham bir yil muddatga tuzilgan.

Top