16:20 / 05.02.2019
17459

Kollejlar umumiy sonida eng katta ulush qaysi shaharlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda?

Foto: sovminrk.gov.uz

2018/2019 o‘quv yilining boshiga O‘zbekiston Respublikasida 1537 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan akademik litseylar soni 123 tani va kasb-hunar kollejlar soni - 1414 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2017/2018 yillar boshiga 1556 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari mavjud bo‘lib, ulardan 123 tasi akademik litsey va 1433 ta kasb-hunar kollejlari tashkil qilgan.

2018/2019 o‘quv yili boshiga o‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarining umumiy sonidan, akademik litseylar ulushi 8,0%ni tashkil etadi, kasb-hunar kollejlari esa 92,0%ni tashkil etadi.

Akademik litseylarning ulushi 2016/2017 o‘quv yili boshida 9,2%, kasb-hunar kollejlari esa 90,8%ni tashkil etgan. 

O‘zbekiston Respublikasida 2018/2019 o‘quv yili boshiga 123 ta akademik litseylarda 70,8 ming nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, 31,6 ming nafar o‘quvchi ta'lim muassasalarini bitirdi. 2017/2018 o‘quv yilining boshida esa 123 akademik litseylarda, 85,3 ming nafar o‘quvchi tahsil olgan va 32,7 ming nafar o‘quvchi bitirgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2018/2019 o‘quv yili boshiga 1414 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda, ularda 656,3 ming nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, 454,9 ming nafar o‘quvchi ta'lim muassasalarini bitirdi.

Kasb-hunar kollejlarining umumiy sonida eng katta ulush Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shaharlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng kam ulush esa Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari orasida qizlarning ulushi 49,9%, o‘g‘il bolalar 50,1%ni tashkil etdi. Bitiruvchilar ulushi bilan taqqoslaganda, o‘g‘il bolalarning ulushi 50,7%ni, qizlar esa 49,3%ni tashkil etadi.

2018/2019 o‘quv yili boshiga kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari soni 44,0 ming kishini tashkil etdi, ulardan 41,0 ming nafari oliy ma'lumotli va 3,0 ming nafari o‘rta maxsus ma'lumotga ega.

2017/2018 o‘quv yil boshiga kasb-hunar kollejlarining 73,1 ming o‘qituvchisi qayd etildi, ulardan 68,6 ming nafari oliy ma'lumotli va 4,4 ming nafari o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan.

Top