20:17 / 05.02.2019
7521

La Liga «Barselona»ga yordam beryaptimi? – Solari javob berdi

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya Kubogidan o‘rin olgan yarimfinal o‘yinlaridan oldin, taqvim bilan bog‘liq bo‘lgan savolga javob berdi.

Jurnalistlar mutaxassisdan La Liga «Barselona»ga yordam beryaptimi deb so‘radilar.

«Umid qilamanki yo‘q, ammo bu juda g‘alati. Biz taqvimni tuzmaymiz, bu La Liga rahbariyatining ishi. Biz maydonga tushib, jang qilishimiz lozim», – dedi Solari.

Avvalroq, yarimfinalning har ikkala o‘yinidan oldin, «Barselona» 1 kun ortiqcha dam olishidan «Real» rahbariyati norozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid
Top