11:28 / 06.02.2019
29556

Ismoil Jo‘rabekov: «Orolbo‘yidagi aholi davlat yordamiga juda muhtoj»

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, suv xo‘jaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Jo‘rabekov “Xalq so‘zi”ga intervyu berdi.

Soha faxriysi o‘z suhbatida Orol dengizi qanday va nima uchun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tushunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etishda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, shuningdek, boy berilgan ulkan ko‘lni tiklash mumkinmi yoki yo‘q ekanligi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qachondir kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan ko‘l deyarli yo‘qoldi, uning o‘rnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro — Orolqum paydo bo‘ldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni ko‘tarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolbo‘yida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda og‘ir sharoit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinchi galda, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makka juda muhtoj", - degan Jo‘rabekov intervyu vaqtida.

Top