11:15 / 06.02.2019
10902

Messi «Real»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi

Foto: Getty Images

«Barselona» klubi Ispaniya Kubogi 1/2 finalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yin qaydnomasini e'lon qildi. 

Ro‘yxatga «Valensiya»ga qarshi bahsda jarohat olgan va bu o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lgan hujumchisi Lionel Messi ham kiritildi.

Yarimhimoyachisi Usmon Dembele esa jarohatidan tiklanib olmagani sababli, qaydnomaga kiritilmadi.

«Barselona» qaydnomasi quyidagicha: Mark-Andre ter Stegen, Nelson Semedu, Jyerar Pike, Ivan Rakitich, Serji Buskets, Filippe Koutino, Artur, Luis Suares, Lionel Messi, Malkom, Kleman Langle, Jordi Alba, Serdji Roberto, Karles Alenya, Arturo Vidal, Tomas Vermalen, Ignasio Penya, Jyeyson Murilo, Kevin-Prins Boateng.

«Barselona» - «Real» o‘yini 6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi, soat 1:00da boshlanadi.

Top