17:09 / 09.02.2019
8069

Azim Ahmedov «Navbahor»ga qaytdi

Foto: KUN.UZ

Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, bir paytlar “Navbahor” safida to‘p surgan yarimhimoyachi Azimjon Ahmedov uzoq yillik tanaffusdan so‘ng sobiq klubiga qaytdi. Bu haqda «lochinlar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ahmedov so‘nggi mavsumlarni “Paxtakor” safida o‘tkazib kelayotgan edi. 27 yoshli xavbek “Navbahor” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Ma'lumot o‘rnida, Azimjonning akasi, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 2017 yildan buyon Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida o‘ynab kelmoqda.

Mavzuga oid
Top