18:21 / 09.02.2019
16419

«Barselona» Koutinoni sotishga tayyor

Foto: AFP/Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino klubni tark etishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati 26 yoshli futbolchining o‘yini yaxshilanmasa, uning transferi bo‘yicha tushgan takliflarni o‘rganib chiqishga tayyor.

Koutino 2018 yili «Liverpul»dan «Barselona»ga 160 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Joriy mavsumda u Primerada 20ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 140 million yevroga teng.

Top