19:20 / 09.02.2019
8365

Poroshenko prezident saylovi halol bo‘lib o‘tishiga kafolat berishini bildirdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezident saylovi halol va shaffof bo‘lib o‘tishiga kafolat berishini bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Ukraina davlati va uning qonunga rioya qilish, saylov jarayonining tartibli va halol bo‘lib o‘tishiga javobgar tuzilmalari o‘z vazifalarini bajarmoqda. Bunga 2018 yil sentyabrda Oliy Radaga qilgan murojaatimda kafolat bergandim. Bu kafolat so‘nggi ovoz hisoblanguniga qadar o‘z kuchida qoladi va amal qiladi", dedi u.

Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Prezident lavozimiga rekord miqdorda – 44 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda.

Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezident saylovi reytingida nomzod Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Yuliya Timoshenko va Pyotr Poroshenko bormoqda.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Top