16:38 / 09.02.2019
40035

«Rasman yo‘q shaxslar» haqida ma'lumot berildi

O‘zbekistonda nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgan 10 ming 24 nafar oila aniqlandi. Ularning 6,5 mingga yaqinida nikoh rasmiylashtirildi, deya ma'lumot bermoqda  «Oila davrasida» gazetasi.

Xabarda keltirilishicha, FHDYo organlari tizimida o‘tkazilgan o‘rganishlar demografik statistikada katta xatolar borligini ko‘rsatgan. 

«Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi tug‘ilgan chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq qarab kelmoqda. Xususan, 9 ming 988 nafar bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjati mavjud emas. Shuningdek, qayd etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini aynan tug‘ilish va nikoh haqidagi guvohnomalarga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda. ​

Yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarni qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Rasmiy guvohnomasi mavjud bo‘lmaganlar yo‘q shaxslar, deb hisoblanadi. Masalan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz bolani bog‘chaga rasmiylashtirib bo‘lmaydi, maktabga qabul qilinmaydi.

Nashrning xabar berishicha, fuqarolik holati dalolatnomalarining o‘z vaqtida qayd etilmaganini aniqlash bo‘yicha inventarizatsiya tadbirlari 2019 yil 1 iyulga qadar davom etadi. 

Kun.uz'da e'lon qilingan maqoladagi Gulnora Fayziyeva esa farzandlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq emas, ammo rahbarlar uning ishini tushunarsiz vajlar bilan ortga surib kelmoqda.

Mavzuga oid
Top