22:11 / 11.02.2019
5243

Oq uy Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini ishlab chiqdi

Foto: Alex Edelman / DPA

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish rejasini ishlab chiqishni yakunladi va uning yakuniy talqinini prezidentga taqdim etdi, deb xabar berdi Fox News o‘z manbalariga tayanib.

Oq uy asr kelishuvi deb hisoblanayotgan mazkur hujjat 175-200 sahifadan iborat. Fox News manbalarining ta'kidlashicha, reja Isroilda 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga qadar chop etilmaydi.

«Biz Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan biror narsani amalga oshirmaymiz», — deb ta'kidlagan manba.

Telekanalning bildirishicha, prezident maslahatchisi Jared Kushner va Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha maxsus vakil Jyeyson Grinblatt Tramp ma'muriyati taklif etadigan Isroil-Falastin tinchlik kelishuvi tafsilotlarini muhokama qilish uchun Fors ko‘rfazidagi besh davlatga borishni rejalashtirgan.

Top