11:18 / 11.02.2019
39290

Toshkentda 14 yoshli qiz 3-qavatdan tushib ketdi. U deraza oldida selfi qilmoqchi bo‘lgan 

Illyustrativ foto

2019 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 14 yoshli qiz 3-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o‘rta maktab o‘quvchisi, 14 yoshli F.T. 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan. 

Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top