13:45 / 12.02.2019
12063

Jizzax viloyati brendi konsepsiyasi ishlab chiqildi

2019 yilning 1 martidan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo‘yicha yirik investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan “Ilg‘or hudud” innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlariga start beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 
  
Jizzax viloyatini o‘zgartirish ishlarini amalga oshirish doirasida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan butun kompleks chora-tadbirlar va investitsiya loyihalarining dasturlaridan tashqari Jizzax viloyatini nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarisida ham tanishtirish hamda uning beqiyosligini ko‘rsatish bo‘yicha masalalar yechimi topilmoqda.  

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 3 yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risidagi” 5609-sonli farmoniga muvofiq, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Jizzax viloyatidagi “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas'ul organ hisoblanadi.   

Shu maqsadda Agentlik hamda dizayn studiyasi Artógraph tomonidan hududning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi.  Konseptning hali bir necha oy davomida rivojlantirib boriladi.  Bugun biz foydalanuvchilar diqqatiga konsepsiyaning asosiy g‘oyasini taqdim etamiz.

Loyiha brendi ustida ish boshlashdan avval Jizzax viloyatining go‘zal joylari, tog‘ cho‘qqilari va cho‘l hududlarining jaziramasi o‘rtasidagi farq, somsaning ajoyib ta'mi va  viloyat aholisining xushfe'lligi bilan  batafsil tanishib chiqildi.

Brend konsepsiyasiga Artógraph  studiyasi direktori Iskander Xayitbayev izoh beradi: “Artógraph studiyasining  eng asosiy ustuvor maqsadlaridan biri hududning chuqur semantik ma'noni o‘zida aks ettiruvchi va shu bilan birga, uning moslashuvchanligini saqlab qoluvchi belgisini yaratish iborat edi. Jizzax viloyatining yangi logotipi o‘zida uch asosiy elementni jamlagan: joy ramziga sifatida universal qabul qilingan pin, uning ichida ham viloyat, ham shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalangan, muntazam ravishda o‘zgarib borayotgan Jizzax. 

Mavzuga oid
Top