12:27 / 12.02.2019
10905

Namanganda piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Namangan viloyatining Chust tumanida 11 fevral kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Zarafshon” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lining 41-km.da haydab ketayotib piyoda, “Mirzaobod” MFYda yashagan 35 yoshli O‘.T. (ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O‘.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining xodimlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top