18:00 / 15.02.2019
37687

Ignatiy Nesterov doping sababli futboldan chetlatildi

Foto: KUN.UZ

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi intizom qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «Uhud» klubi darvozaboni Ignatiy Nesterovni taqiqlangan moddani iste'mol qilganlikda gumonlab, futboldan chetlatdi. Bu haqda Goal SA xabar bermoqda.

«Uhud» klubi Nesterovning o‘rniga boshqa darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan. 

Shu paytga qadar Nesterov «Uhud» tarkibida 2 marta maydonga tushdi va har ikkala o‘yinda jamoasi g‘alaba qozondi. So‘nggi turdan o‘rin olgan «At-Ta'vun» klubiga qarshi bahsda esa qaydnomaga kiritilmadi.

Xabarga ko‘ra, Nesterov O‘zbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida Osiyo Kubogida ishtirok etganida topshirgan doping tahlili ijobiy natija bergan. Yaqin orada u Malayziyaga, OFK qarorgohiga borib, doping tahlillari natijasi yuzasidan tushuntirish berishi lozim. 

Qayd etish joizki, OFK saytida Nesterovning doping tahlili ijobiy natija bergani va uning futboldan chetlatilgani haqida hech qanday rasmiy xabar yo‘q.

Mavzuga oid
Top