12:59 / 15.02.2019
24534

«Netay tabibimning o‘zi ham bemor». Kasbini sog‘ingan shifokor yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Musulmon kishi Allohga ibodat qilish, insonlarga yaxshilik qilishlik uni ikki dunyo saodatiga eltishini yaxshi anglaydi. Unga omonat qilib berilgan yagona fursati bo‘lmish dunyo hayotida, ham dunyosini, ham oxiratini obod qiladi. Qo‘lidan kelgancha insonlarga yaxshilik qiladi. Yaxshilik qilishlikni umrining mazmuni, oxirat soyaboni deb biladi.

Mana shunday ezgulikka muhtojlardan biri Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi inson Boburjon Ravshanovdir. Biz Boburjonning holidan xabar oldik. Onasi Mahkam Xolmirzayeva bilan suhbatlashdik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mahkam xola turmush o‘rtog‘i bilan olti farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Boburjon oilada eng kenjasi. Opalari pedagog, ikki akasi shifokor bo‘lib ishlashadi. Akalariga havas qilgan bemorimiz shifokor bo‘lishni maqsad qilgan. 

2011 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘z bilimi bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Yillar davomida tahsil oladi. O‘qishni bitirish arafasida, 2017 yilning dekabr oyida o‘z-o‘zidan holsizlanib kasal bo‘ladi. Kundan-kunga tanasida og‘riqlar kuchaya boshlaydi. Avvaliga ular qanday kasallik ekanini bilishmaydi. Bir necha bor tekshiruvlardan so‘ng, unga oqqon kasalligi tashxisi qo‘yiladi. 

Hozirga qadar kasbi shifokor bo‘lgan Boburjon shifokorlar ko‘magida davolanib kelmoqda. Ko‘pchilikka ma'lum, oqqon - leykoz og‘ir kasalliklardan biri bo‘lib, doimiy davolanishni talab qiladi. Davolovchi vositalar uchun ham yaxshigina mablag‘ zarur. Oila o‘tgan vaqt davomida borini sarflagan. Hozirga kelib esa bemorimiz yaxshilar ko‘magiga muhtoj bo‘lib qolgan. Shifokorning aytishicha, unga zudlik bilan jarrohlik amaliyoti zarur. Oila chet elda ilik ko‘chirish amaliyoti orqali farzandini to‘liq hayotga qaytarmoqchi. 

Insonlarga yaxshilik qilish eng ulug‘ fazilat sifatida qaraladi. Yaxshilik qilishga shoshilaylik, zero, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik – jannatdir. Darhaqiqat, musulmon kishi jamiyat uchun faqat yaxshilikni ravo ko‘rmog‘i kerak. Haqiqiy musulmon yaxshi amallarni qilishda bardavom bo‘ladi, u har vaqt Rasululloh s.a.v.ning ushbu hadislariga amal qilib bormog‘i matlubdir: «Sizlardan hech biringiz o‘ziga yaxshi ko‘rgan narsani, birodariga ham ravo ko‘rmaguniga qadar haqiqiy mo‘min bo‘la olmaydi».

Boburjonning orzulari ko‘p. Mutaxassisligi bolalar shifokori. Jajji, murg‘ak go‘daklarni davolab xalqimizning duosini olmoqchi. Azizlar, bemor ukamiz Boburjondan yordamimizni ayamaylik. Unga qo‘limizdan kelgancha yordam beraylik. Duoda bo‘lib turaylik. Zero, Alloh qilgan yaxshiliklarimizning ajrini beruvchi buyuk zotdir.

Bobur Ravshanov: +998977830205

Akasi Alisher Ravshanov: +99897 294-50-08 

Agrobank: 8600 0423 5988 1165

VISA : 4187 8200 0011 5046

MFO: 00172

Naqd pul topshirganda: 23116000600000172001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:23118000300000172500

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000172001

Sberbank: 4276 3801 1616 3101 

Rossiyadagi qarindoshi Abdusattor Mallayev: +79266687858 

Janubiy Koreyadagi xisob rakam: 1002 657 656068

Qarindoshi Obid Karimov: +821083874484

Muxbir Zafarbek Solijonov,
tasvirchi Sherzodbek Egamberdiyev


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top