14:39 / 18.02.2019
11396

Rossiya Turkiyaga dastlabki Ka-32 vertolyotini yetkazib berdi

Foto: RIA Novosti / Ramil Sitdikov

Rossiya Turkiyaga uchta Ka-32 vertolyoti yetkazib berish bo‘yicha shartnoma doirasida dastlabki vertolyotni yetkazib berdi. Bu haqda "Vertoleti Rossii" xoldingi direktori Andrey Boginskiyga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

"Mart oyi oxirida yetkazib berishlar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish rejalashtirilgan", — dedi u.

Boginskiyning so‘zlariga ko‘ra, Anqara yana beshta ana shunday vertolyot sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, Turkiya "Ansat" vertolyotlarini sotib olishga ham qiziqish bildirmoqda.

Ka-32A11BC vertolyoti maxsus qidiruv-qutqaruv va balandlik-montaj ishlarini bajarish hamda o‘t o‘chirishda foydalanishga mo‘ljallangan. 

Top