10:20 / 18.02.2019
44468

Sayyoramizning eng chiroyli orollari reytingi e'lon qilindi

Foto: CC0 / MikeCleggPhoto /

Sayyoramizning eng chiroyli orollari reytingi tuzildi, deb xabar berdi 10BestLook nashri.

Plyajda hordiq chiqarishni xush ko‘ruvchilar uchun sayyoramizning eng go‘zal orollarini o‘z ichiga oluvchi bu jamlanma qiziqarli bo‘lishi aniq.

Eng yaxshi plyajlar, akvamarin rangdagi suv, go‘zal manzaralar va tinchlantiruvchi sokinlik – bu orollardan biriga borishga qaror qilgan sayyohlarni mana nimalar kutmoqda.

Santorini, Gretsiya

Foto:  RIA Novosti

Bu grek oroli o‘zining ko‘k rangdagi eshiklari va tomlariga ega oq uychalari bilan ma'lum. Santorinida uyqudagi vulqonlar mavjud bo‘lib, shu sababli unda qora qumli plyajlarni uchratish mumkin.

Pxi-Pxi, Tailand

Foto: Getty Images

Tailandning Krabi viloyatida 6 ta oroldan iborat Pxi-Pxi arxipelagi joylashgan. Bu joyni Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Plyaj” filmi mashhur qilgan.

Oq qum, tiniq suv va ajoyib landshaftlar ushbu orolni Tailandga keluvchi sayyohlar orasida ommalashtirgan.

Fiji

Foto: REUTERS / © WSL/ Cestari SOCIAL: @kc80

Fiji Respublikasi Tinch okeanidagi 300 dan ko‘proq oroldan iborat va ularning barchasi o‘zicha go‘zal.

Mahalliy aholi sayyohlarni iliq kutib oladilar. Sayyohlar bu yerda dayving, snorkling, serfing va baliq ovlash bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Mashhur insonlar paparatssidan dam olish uchun aynan Fijini tanlashadi.

Mavrikiy

Foto:  Xavier Coiffic

Mavrikiyni Hind okeanining qimmatbaho toshi deyishadi.

Qordek oppoq plyajlar va lojuvard suv romantik muhitni yaratadi. Orolni marjonqoyalar o‘rab olgan, shu sababli niqob bilan suv ostida suzish ko‘plab ijobiy taassurotlarni tuhfa qiladi.

Bali, Indoneziya

Foto:  RIA Novosti

Balida serfingdan tortib ko‘p sondagi ibodatxonalarga tashrif buyurishgacha ko‘plab ermaklar bor. Go‘zal plyajlar, har narsaga qiziquvchi maymunlar yashaydigan ajoyib o‘rmonlar va hayratlanarli diqqatga sazovor joylar butun dunyodan sayyohlarni Indoneziyaga jalb qiladi.  

Maui, Gavayi, AQSh

Gavayi o‘zining “oltin” plyajlari va bambuk o‘rmonlari bilan mashhur. Maui orolida vulqon krateri mavjud, biroq sayyohlar bu orolni quyoshli ob-havosi va feruza rang suvi uchun qadrlaydilar.

Yamayka

Foto: AP Photo / David McFadden

Yamaykaning 11 kmdan ko‘proqqa cho‘zilgan plyaji orolning bosh diqqatga sazovor joyi hisoblanadi. Bu yerda sayyohlar nafaqat plyaj hordig‘idan zavqlanishlari, balki orolning poytaxti Kingstonning boy madaniy hayotidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Bora-Bora, Fransuz Polineziyasi

Foto: Depositphotos

Haqiqiy go‘zallik – bu shaffof moviy suvda turli baliqlar, toshbaqalar va akulalarni ko‘rish imkoniyatidir. Bora-Borada suv ostida suzish va qalin palma o‘rmonlari orqali sayr qilish uchun ehtimol eng yaxshi muhit mavjud. Biroq bu kurortning o‘ziga tortuvchi bosh jihati uning moviy ko‘rfazi hisoblandi. 

Maldivlar

Foto: Getty Images

Hind okeani markazida mingdan ko‘proq oroldan iborat orollar zanjiri joylashgan. Oq qumli plyajlar, o‘ziga rom etuvchi sokinlik va mukammal iqlim ushbu orollarning sayyoramizdagi eng “jannatmakon” joy sifatida dong taratishiga sabab bo‘lgan. Bu yerga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt noyabrdan maygacha oraliq hisoblanadi. Bu vaqtda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Bu yerda iyundan oktyabrgacha musson yomg‘irlari mavsumi hukm suradi.  

Seyshel orollari

Foto: CC0 / nike159 /

Seyshel orollari arxipelagiga Hind okeanida joylashgan 115 ta orol kiradi. Ko‘plab juftliklar ushbu orollarni nikoh qurish yoki asal oyini o‘tkazish uchun tanlaydilar. Bu yerda dayving, yaxting va dengiz baliqchiligi bilan shug‘ullanish mumkin. 

Mavzuga oid
Top