00:11 / 20.02.2019
13500

Manba: “Jibhat an-Nusra” yetakchisi og‘ir jarohat olgan

Foto: REUTERS / Rodi Said

“Hayat Tahrir ash-Shom” (avvalgi nomi “Jibhat an-Nusra”) terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Julaniy (haqiqiy ismi Muhammad Husayn ash-Shar'a) boshidan jarohat oldi, deb xabar berdi Turkiyadagi tibbiy manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Suriyaning Idlib shahrida portlash oqibatida og‘ir bosh jarohati olgan terrorchi 18 fevralda Turkiyaning Xatay viloyatidagi Antakya shahri davlat shifoxonasiga yetkazilgan.

“Shifoxonaga yetkazilgan odam portlashdan yaralangan, bu uning miyasi chayqalishiga olib kelgan. Uning boshi operatsiya qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan manba. Uning ta'kidlashicha, ushbu odam terrorchi Abu Muxammad al-Julaniy hisoblanadi. Terrorchi intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan, uni ahvoli og‘ir bo‘lib, koma holatida ekanligi ma'lum qilingan.

Avvalroq Suriyaning al-Watan nashri Damashq jinoyat sudi “Hayat Tahrir ash-Shom”, “Faylaq ar-Rahmon”, “Jaysh al-Islom" terrorchilik guruhlarining yetakchilarini sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilganini ma'lum qilgan. O‘lim jazosiga hukm qilinganlar orasida al-Julaniy ham bo‘lgan.

Top