08:25 / 22.02.2019
14092

«Bakan tex» ishlab chiqarish korxonasida “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi filialini ochilishi shartnomasi imzolandi

2016 yil oktabr oyida “Bakan tex” korxonasi qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 2017 yilda quvvati 15000 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarib korxonaning umumiy qurilish maydoni 6,4 gektarga joylashgan. Kelajakda korxonani kengaytirish ishlari olib borilib, tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Korxona rahbari Yuksel Yusuf Emrax janoblari innovatsion korxonani barpo etishda dunyoning yetakchi TRUTZSCHLER, NEUENHAUSER va STIENMANN firmalarining texnologik uskunalarini va ishlanmalarini korxonaga tadbiq etgan. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini halqaro standart asosida tekshirish va aniqlash uchun ishlab chiqarish laboratoriyasi Shveytsariyaning USTER-TESTER qurilmalari bilan jihozlangan. Sifatli ip ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotni qadoqlash va trasportirovka qilish, avtomatik tozalash qurilmalari, TEMSAN kompaniyasining korxona sexlaridagi harorat va namlikni mutadil ushlab turish uchun texnologik jihozlari o‘rnatilgan.

Korxonadagi texnologik jarayonlarni boshqarishda O‘zbekiston, Germaniya, Shveytsariya, Turkiya va Hindiston mutaxassislari yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda o‘z tajribalarini qo‘llab kelmoqda. Korxona rahbariyatini tashabbusi bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi talabalarining olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish sharoitida yanada mustahkamlash uchun “Bakan tex” korxonasida malaka amaliyoti o‘tashni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi va kafedraning filiali tashkil etildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti rahbariyati “Bakan tex” korxonasi mutaxassislariga va korxona rahbari Yuksel Yusuf Emrax janoblariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 

 

 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Bahodir Onorboyev

Ramagandra Daveyedu Rajab

 

 

 

 

Top