Yevropa ligasi 1/8 finaliga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.
Sovrin uchun kurashni «Zenit», «Krasnodar», «Chelsi», «Inter», «Arsenal», «Napoli», «Sevilya», Benfika, «Renn», «Slaviya» Praga, «Dinamo Kiyev», «Valensiya», «Vilyarreal», «Ayntraxt», «Dinamo» Zagreb hamda «Red Bull Zalsburg» olib boradi.
Musobaqani 1/16 final bosqichida esa «Latsio», «Fenerbaxche», BATE, «Sporting», «Seltik», «Shaxter», «Viktoriya» Plzen, «Bryugge», «Bayyer», «Galatasaroy», «Betis», «Genk», «Olimpiakos», «Rapid», «Malme» hamda «Tsyurix» tark etdi.