08:01 / 09.03.2019
11084

OAV: Oq uyda yana bir iste'fo ro‘y berdi

Foto: Susan Walsh/AP Photo

Oq uyning kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha direktori Bill Shayn iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, uning iste'fosi haqidagi xabar ko‘plar uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi.

Aniqlik kiritilishicha, Shayn amaldagi davlat rahbari Donald Trampning kelgusi prezidentlik saylovlarida ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish uchun lavozimidan ketishga qaror qildi.

Avvalroq, Tramp davrida Davlat departamentiga ishga kirishni istaganlar soni 2008 yilgi minimal ko‘rsatkichga tushib ketgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top