23:49 / 11.03.2019
10016

Dunyoning global moliya markazlari reytingi e'lon qilindi 

AQShning Nyu-York shahri dunyoning global moliya markazlari reytingida (Global Financial Centres Index) yetakchilikni saqlab qoldi. Reyting har yarim yil indikatorni hisoblab chiqadigan Z/Yen Group konsalting kompaniyasi saytida e'lon qilindi. 

London 2-o‘rinni egallagan. U 2018 yil sentyabrdagi reytingda Nyu-Yorkdan 2 ball ortda qolgan bo‘lsa, joriy reytingda bu farq 7 ballgacha ko‘paygan. Yetakchi uchtalikni Hongkong yakunlamoqda.

Dunyo moliya markazlari indeksi 2007 yildan olib borila boshlangan. Umumiy ballni hisoblab chiqishda beshta ko‘rsatkich: biznes-vaziyat, moliya, infratuzilma, inson kapitali va nufuz hisobga olinadi. Joriy reyting 25-raqamlisi bo‘lib, unga 102 ta moliya markazi kiritilgan.

Mavzuga oid
Top