20:49 / 11.03.2019
30838

Habitat: insoniyat kelajagining oddiy, lekin mudhish bashorati 

11 mart kuni start olgan Hasharweek ekohaftaligi doirasida Toshkent fotosuratlar uyida Habitat (ingliz tilidan «muhit») ko‘rgazmasi ish boshladi. 

Ko‘rgazmada insoniyat o‘z qo‘li bilan yaratgan iflos muhit o‘ta original tarzda yoritilganiga guvoh bo‘lish mumkin, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Sharifa Sharafxo‘jayeva, Oksana Danilevskaya, Tatyana Fadeyeva, Sanjar Jabborov muallifligidagi suratlar va artefaktlarda siz-u biz yashayotgan muhitning ko‘zga ko‘rinmaydigan tomonlari aksllantirilgan. 

Chor-atrofni «egallab olgan» polietilen paketlar va plastik mahsulotlarning zarari ko‘rgazmada turli rakurslarda tasvirlanganini ko‘rish mumkin. 

Insoniyatga global xavf solayotgan chiqindi muammosiga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida tashkil etilayotgan Hasharweek haftaligi boshlanganligi haqida xabar berilgan edi. Joriy haftada davom etadigan loyihada qiziqarli tadbirlar o‘tkazilishi kun tartibiga kiritilgan. Xususan:

Harakatlar #HasharWeekGo:

– barcha tashkilotlar, muassasalar guruh tarzida yoki fuqarolar yakka tartibda chiqindilarni plastik, qog‘oz, shishaga ajratib saralashlari va maxsus punktlarga topshirishlari mumkin. Buning uchun hasharweek.uz saytidan mobil ilovani yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish hamda poytaxt bo‘ylab mavjud 21ta chiqindi qabul punkti haqida ma'lumot olib, o‘z hududidagi punktga topshirish kerak bo‘ladi. 

Ma'rifat #HasharWeekTalk:

– poytaxtdagi 22ta maktabda interfaol tarzda ochiq darslar o‘tkaziladi;

– Toshkent fotosuratlar uyida ommaviy ochiq ma'ruzalar: «Haddan ortiq iste'mol – 21 asr vabosi» (13 mart, soat 18.00da); «Chiqindilar uyni tark etgandan keyingi jarayon» (14 mart, soat18.00da); «Shiddat bilan rivojlanayotgan modaning qorong‘i tomoni» (15 mart, soat18.00da); «Ekoqurilish» (16 mart, soat 17.00da). 

San'at #HasharWeekArt:

– Toshkent fotosuratlar uyida chiqindilar muammosiga bag‘ishlangan Habitat badiiy ko‘rgazmasi (11 – 21 mart kunlari keng aholi uchun ochiq).

Biznes #HasharWeekBusiness:

– «O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: illyuziya yoki haqiqat?» mavzusida konferensiya (Hyatt Regency mehmonxonasida 12 mart kuni, soat 09.30-18.00);

– yashil startap loyihalar taqdimoti (Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 15 mart kuni, soat 14.00-18.00da);

– «O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati» mavzusida davra suhbati (Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 14 mart  kuni, soat9.00-13.00da).

Kelib, tomosha qilib va mulohaza yuritib ketishga arziydigan ko‘rgazma.

Fotoko‘rgazma 11– 21 mart kunlari barcha uchun ochiq.

Mavzuga oid
Top