15:05 / 11.03.2019
14125

Janubiy Koreya KXDRdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Foto: AP Photo / KRT

Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyada ro‘y berayotgan voqealarni diqqatlik bilan kuzatmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakili Kim Chun Rak shu haqda ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul va Vashington KXDRda raketalar ishlab chiqish bilan bog‘liq tendensiyalarni diqqatlik bilan kuzatmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Janubiy Koreya vaziyat rivoji bo‘yicha turli xil variantlarni tahlil qilmoqda. 

Bundan oldin, OAV KXDR raketa uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandi.

Top