20:45 / 12.03.2019
11395

OChL. «Paxtakor» Bikmayevning super goli evaziga g‘alaba qozonib, guruhda yetakchiga aylandi

Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar Ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Poytaxtliklar guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Al Ahli»ga qarshi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Marat Bikmayev 62-daqiqada jarima zarbasi vaqtida amalga oshirilgan kombinatsiyani kuchli va aniq zarbasi bilan golga aylantirdi. Shu tariqa «Paxtakor» o‘zining to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozonib, guruh yetakchiligini qo‘lga oldi.

OChL-2019. 2-tur

«Paxtakor» - «Al Ahli»1:0

Gol: Marat Bikmayev (62).

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A'zamov, Hojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Marko Simich, 90+3), Odil Hamrobekov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov (Javohir Siddiqov, 80), Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 89).

Al Ahli: Muhammad Al Ovays, Said Muvallad, Paulo Diaz, Hussayn Sulaymoni, Abdulbosit Hindi, Aderlan Santos, Hussayn Moqahvi (Umar Siroj, 89), Nuh Ibrohim, Salmon Muvashar (Abdulrahmon G‘arib, 77), Muhannad Asiri (Xorxe Semedo, 65), Umar As Soma.

Top