21:41 / 15.03.2019
8265

Mane – Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli muallifi

«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane tomonidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (3:1) qarshi javob bahsida urilgan gol haftaning eng chiroylisi deb topildi.

Senegallik futbolchi 84-daqiqada darvozaga to‘p kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatgan edi.

UYeFA saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada Mane «Ayaks» yarimhimoyachisi Lasse Sho‘ne, uning jamoadoshi Dushan Tadich va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi.

Mavzuga oid
Top