17:37 / 17.03.2019
49312

iPhone XS'ni sotib olish uchun O‘zbekistonda necha kun ishlash kerak?

Foto: akket.com

Picodi.com tahlilchilari bahorning yorqin taqdimoti sababchisi ​—​ iPhone XS'ni​ sotib olish uchun o‘zbekistonlik kishi 123 kun ishlashi kerakligini ta'kidlamoqda.

Sayt ma'lumotiga ko‘ra, yangi avlod gadjetning rasmiy bahosi va mamlakatdagi to‘lanadigan o‘rtacha maosh haqi taqqoslanganda, telefon xaridi uchun eng ko‘p ishlaydigan davlatlardan biri Tojikiston ekani ayon bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatda iPhone XS uchun 220 kun ishlash lozim.

Ushbu xarid uchun Shveytsariya 5 kun, Daniya va Norvegiyada 7 kundan ortiq, BAAda esa 7,6 kun ishlash yetarli. Qirg‘izistonlik mehnatga layoqatli kishi 113 kun ishlaganda telefonga yetishishi mumkin. Qozog‘istonda esa bu muddat 86 kunni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, sayt ma'lumotlarni tayyorlashda bir oyda 21 kunlik ish grafigini inobatga olgan.

Mavzuga oid
Top