15:20 / 19.03.2019
20617

Foto: Toshkentda oq va qizil ranglar qo‘llangan ilk piyodalar o‘tish yo‘li sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi slovakiyalik mutaxassislar tavsiyasi asosida tartibga solinmagan yo‘lovchilar o‘tish yo‘lakchasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Piyodalar o‘tish yo‘lida oq va qizil ranglar qo‘llanmoqda.

«Yevropa mamlakatlarida piyodalar xavfsizligini ta'minlash tajribasiga ko‘ra, oq-sariq rangli chiziqlar har doim ham, ayniqsa, kunning qorong‘i vaqtida yaxshi ko‘rinmaydi, oq-qizil rangli chiziqlar esa haydovchilarning ham, piyodalarning ham ko‘ziga tashlanib turadi», deyiladi IIBB xabarida.

Toshkentda shunday yo‘laklarning dastlabkisi Amir Temur xiyoboni atrofida paydo bo‘ldi.

Top