22:00 / 20.03.2019
15990

Ibrahimovich faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi

«Los-Anjyeles Gelaksi» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 2004-2006 yillarda «Yuventus» bosh murabbiyi bo‘lgan Fabio Kapello ishiga baho berdi.

«Ko‘plab murabbiylar bilan ishlaganman, ammo Kapello ularning orasida ajralib turadi. U menga gol urish haqida topshiriq berardi, agar urmasam, tribunada o‘tirishimni aytardi.

Bu menga yoqadi. Men yuzimga aytilgan to‘g‘ri gapni yoqtiraman. Kimnidir balandparvoz maqtovini xushlamayman. Menga ishtiyoq bag‘ishlaydigan odamlar bilan ishlashni istayman», – dedi Ibrahimovich.

Ibrahimovich 2004-2006 yillarda «Yuventus» tarkibida 70ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan.

Top