20:06 / 21.03.2019
22135

Quva tumanida hokim o‘zgardi

20 mart kuni Farg‘ona viloyat Quva tumani hokimligida navbatdan tashqari sessiya o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda O‘zA. 

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Ravshan Haydaraliyevich Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi.

R.Qurbonov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlar va tuman faollari so‘zga chiqib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatladilar, deyiladi xabarda.

 

Top