10:20 / 24.03.2019
6525

Xitoyda turistik avtobus yonishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi

Foto: Xinhua

Xitoyning Chande shahrida 22 mart kuni oqshomda turistik avtobusning yonishi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, 28 kishi jarohat olgan. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, avtobusda hammasi bo‘lib 56 kishi – 53 yo‘lovchi, 2 haydovchi va ekskursovod bo‘lgan.

Ayni vaqtda halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

Avvalroq 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19.15da Chansha-Chjanszyatsze trassasida turistik avtobus harakatlanish vaqtida noma'lum sababga ko‘ra alanga ichida qolgani ma'lum qilingandi. Biroq halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni aytilmagan. 

 

Top