01:09 / 05.04.2019
10306

Ilon Mask 2 daqiqa ichida 1,1 milliard dollar yo‘qotdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi pasaygani sababli Nyu-York birjasi ishining ilk 2 daqiqasi ichida 1,1 mlrd dollar yo‘qotdi.  

Buning natijasida Maskning dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati Bloomberg Billionaires Index’dagi boyligi 22,3 mlrd dollargacha kamayib ketgan. Keyinroq bu qiymat 22,4 mlrd dollargacha biroz ko‘tarilgan. 

Avvalroq Tesla savdolar rekord darajada – 31 foiz pasaygani haqida hisobot bergan. Hisobotga ko‘ra, kompaniya oxirgi chorak davomida 63 ming elektromobil sotgan, vaholanki avvalgi chorakda 90966 ta avtomobil sotilgan. Shundan keyin kompaniya aksiyalari narxi 11 foizga qadrsizlanib ketgan.

Mavzuga oid
Top