07:59 / 05.04.2019
15353

Toshkentda tilanchilik qilgani uchun ushlangan ayolga jinoiy ish ochmaslikka qaror qilindi

Foto: Valeriy Melnikov/ RIA Novosti

Internet tarmog‘ida tarqagan 59 yoshli M.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-1 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risidagi ma'lumot haqiqatdan yiroq, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB. 

Qayd etilishicha, odamiylik prinsipiga tayangan holda, shuningdek, tilanchilik qilgani sababli qo‘lga olingan 59 yoshli M.Yu.ning yoshini inobatga olib, Yunusobod tumani IIO FMB qoshidagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik qarori qabul qilindi.  

Joriy yilning 28 yanvar kuni Yunusobod tumani ma'muriy sudi M.Yu.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, unga nisbatan EKIHning 0,5 miqdorida jarima to‘lash jazosini qo‘llagan. 

1 aprel kuni M.Yu. yana Bodomzor ko‘chasida joylashgan masjid oldida tilanchilik qilgani ma'lum bo‘lgan. 

Bildirilishicha, M.Yu.ning turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar voyaga yetgan farzandlari bor. Uning hamma yaqinlari ishlashadi va M.Yu.ni ta'minlashdan bosh tortishmaydi. Tilanchilik esa uning xobbisiga aylanib ulgurgan ekan. 

Ayol va uning yaqinlari bilan jiddiy profilaktik suhbat o‘tkazildi, deyiladi xabarda.  

Mavzuga oid
Top