11:20 / 07.04.2019
6182

8 aprel kuni Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘chalarda gaz bo‘lmaydi

Toshkent hududiy gaz ta'minoti tarmoqlari bo‘limi tomonidan o‘rta bosimli gaz quvurini ko‘taruvchi vosita almashtirilishi munosabati bilan 8 aprel kuni soat 10.00dan 17.00ga qadar Shayxontohur tumanidagi ayrim ko‘chalarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Aholi turar joylari:

Paxtachi, Saraosiyo va S.Obidov ko‘chalaridagi 400 ta xonadonda.

Maishiy-kommunal obektlar:

«Huvaydo mebel» sexida;

«Hasan doktor» klinikasida;

«Keramzika» firmasida;

№1 choyxonada;

2 ta novvoyxonada.

Top