07:44 / 13.04.2019
27436

Energetika vazirligi huzuridagi inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari ishdan olindi. U uch kun oldin lavozimga tayinlangandi

Energetika vazirligi tuzilmasida yana lavozim o‘zgarishlari yuz berdi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

Xususan, Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev
Foto: bioraf.ru

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 12 aprel kuni bu haqdagi tegishli hujjatni imzolagan.

Ma'lumot uchun: Umarjon Egamberdiyev 2019 yil 9 aprel kuni Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlangandi.

U avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikasi sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ("O‘zdavenergonazorat") (2011-2019) vazifasida ishlagan.

Top