20:56 / 13.04.2019
5576

Yamanda urush boshlanganidan buyon ilk bor parlament majlisi o‘tkazildi

Foto: Al-Arabiya

Yaman janubidagi Sayun shahrida to‘rt yildan buyon birinchi marta Yaman parlamenti majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali xabar berdi.

Telekanalning bildirishicha, parlament majlisida mamlakat prezidenti Abd Rabbu Mansur al-Xadi ishtirok etgan.

Parlament majlisiga deputatlarning yarmi ham kelmagan – unda 301 nafar deputatdan 141 nafari qatnashgan.

Foto: Al-Arabiya
Foto: Al-Arabiya

Yamanda 2015 yildan buyon husiylar va prezident Xadi tarafdorlari o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top