17:03 / 15.04.2019
7352
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank – investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

O‘zsanoatqurilishbank  “BankExpo – 2019” milliy ko‘rgazmasida “Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda eng yaxshi bank” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida uch kun davom etgan “BankExpo-2019” milliy ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbank ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, bank stendiga tadbirkor va investorlarning qiziqishi katta bo‘ldi.

Bank stendining “Kredit supermarketi” hamda “Maslahat burchagi” bo‘limlarida tashrif buyuruvchilarga bank mahsulotlari, shu jumladan xorijiy kredit liniyalar xususida batafsil ma'lumot berildi. Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Yevropaning Sredit Suisse (Shveytsariya), Raiffeisen Bank International AG (Avstriya), Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, ODDO BHF, KFW Ipex-Bank (Germaniya), Gazprombank (Rossiya), shuningdek, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya Eksimbanklarining xorijiy kredit liniyalari taklif qilinmoqda.

Joriy yilda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi, «Shinhan Bank» (Xitoy), «AK BARS Bank» (Rossiya)lar bilan savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Bank qoshida mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarning investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Markaz xodimlari investorlarga o‘z sarmoyalarini istiqbolli biznesga samarali yo‘naltirishida texnik jihatdan ko‘maklashmoqda. E'tiborlisi, markaz zimmasidagi ushbu xizmatlar “Yagona darcha” tamoyili asosida “kredit supermarketi” sifatida ko‘rsatilmoqda.

“BankExpo-2019” ko‘rgazmasida O‘zsanoatqurilishbankning yangi brend ostidagi stendida, shuningdek, muassasa tizimida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari to‘g‘risida mufassal ma'lumot berildi.

Veb-sayt: uzpsb.uz

Facebook: facebook.com/sqbuz

Telegram: https://t.me/sqbuz

Instagram: instagram.com/sqbuz

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top