19:29 / 16.04.2019
87735

DTM 2019 yil test topshiriqlari bazasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi

15 aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi mutaxassislari 2019 – 2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida test varaqalariga kiritiladigan asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ma'lumot berilishicha, joriy yilda test topshiriqlari bazasini shakllantirishda quyidagi yangiliklar:

- Grafik, yozuvsiz xarita, rasmlar (masalan, geografik nuqtalar, diagramma, grafiklardagi ko‘rsatkichlar yoki rasmlar test savollari varaqasida aks etadi);

- Adabiyot fanidan ta'lim muassasalari o‘quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlardan ayrimlarini to‘liq o‘qish tavsiya etiladi;

- O‘lchov birliklarining yangicha ifodalanishi qo‘llaniladi.

Tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati quyidagi asarlardan iborat:

1. «O‘tkan kunlar», Abdulla Qodiriy (9-sinf dasturidan)

2. «Kecha va kunduz», Cho‘lpon (11-sinf dasturidan)

3. «Abulfayzxon», Fitrat (11-sinf dasturidan)

4. «Shum bola», G‘afur G‘ulom (6-sinf dasturidan)

5. «Mirzo Ulug‘bek», Maqsud Shayxzoda (8-sinf dasturidan)

6. «Yulduzlar mangu yonadi», Tog‘ay Murod (6-sinf dasturidan)

7. «Yulduzli tunlar», Pirimqul Qodirov (6-sinf dasturidan)

8. «Dunyoning ishlari», O‘tkir Hoshimov (5-sinf dasturidan)

9. «Ruhlar isyoni», Erkin Vohidov (11-sinf dasturidan)

10. «Sohibqiron», Abdulla Oripov (9-sinf dasturidan)

O‘lchov birliklari esa quyidagi shaklda qo‘llaniladi:

1. Santi- old qo‘shimchasi - s – eski shakli, s – yangi shakli

2. Gektar – ga – eski shakli, ha – yangi shakli

3. Akr – ar – eski shakli, a – yangi shakli

4. Massaning atom birligi – m.a.b. – eski shakli, u – yangi shakli

5. Millimetr simob ustuni – mm. simob ustuni – eski shakli, mm Hg – yangi shakli

6. Soat – soat – eski shakli, h – yangi shakli

7. Sutka – kun – eski shakli, d – yangi shakli

8. Kilovatt-soat – kW-soat – eski shakli, kW-h – yangi shakli

9. Amper-soat – A-soat – eski shakli, A-h – yangi shakli

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Davlat test markazi direktori va rahbariyatning boshqa a'zolari bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazilgandi. Tadbirda 2019 – 2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgandi.

Top