13:37 / 17.04.2019
13120

O‘zbekiston va Tojikiston chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Foto: today.tj

2019 yilning 11-17 aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlangan hamda dala ishlari reja-grafigi kelishilgan.

Tadbir yakunlariga ko‘ra Protokol imzolandi. Ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi may oyining ikkinchi o‘n kunligida Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi, deyiladi xabarda.

Top