10:03 / 17.04.2019
12940

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan buyon birinchi marta kamaydi

Foto: BORIS ROESSLER/AFP/Getty Images

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari yil boshidan beri birinchi marta kamaydi, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

2019 yil 1 aprel holatiga ko‘ra sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 26,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, undan 14,4 mlrd dollar - monetar oltin.

Mart oyida bu ko‘rsatkich 27,4 mlrd dollar, fevralda 26,6 mlrd dollar, yanvarda 26,3 mlrd dollar bo‘lgan:

1 yanvar

1 fevral

1 mart

1 aprel

26 394,1

26 600,2

27 404,8

26 996,5

Ma'lumot uchun: oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valuta mablag‘larini, ya'ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Bundan oldin, ekspert O‘zbekiston iqtisodiyotining dollarlashuvi xatarlari haqida gapirgandi.

Top